🏫 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
2026-04-02 17:05:00 / Yangiliklar

#Yoshlar_kuni
👶 Yangi muassasa kichkintoylar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
💰 Mazkur bog‘chani to‘liq rekonstruksiya qilish uchun qariyb 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, barcha ishlar zamon talablariga mos ravishda amalga oshirildi.
👥 Tadbirda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman prokurori Rashidbek Mehmonov, tuman IIB boshlig‘i Shavkatjon Mavlonov hamda mahalla faollari ishtirok etib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
🔎 Mutasaddilar tomonidan qurilish sifati, muassasadagi qulayliklar hamda bolalar xavfsizligi masalalari alohida e’tiborga olindi.
🌱 Ushbu ta’lim maskani yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ularning ilk bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✨ Farzandlar uchun yaratilgan har bir imkoniyat — kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevordir!









