💻🚀 RISHTONDA IT PARK — RAQAMLI KELAJAKKA QADAM!
2026-04-02 14:45:00 / Yangiliklar

#Bugun_Yoshlar_kuni
🎉 Ochilish marosimidaUnda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman prokurori Rashidbek Mehmonov, tuman IIB boshlig‘i Shavkatjon Mavlоnov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🎙So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda IT sohasi nafaqat zamon talabi, balki iqtisodiy taraqqiyotning asosiy drayverlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Yangi markaz tuman yoshlariga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va ilg‘or texnologiyalarni puxta egallash uchun mustahkam zamin yaratadi. 🌐✨
🏫 IT Park markazida dasturlash, veb-ishlab chiqish, grafik dizayn, robototexnika kabi yo‘nalishlarda ta’lim olish uchun zamonaviy jihozlangan xonalar tashkil etilgan.
🚀 Shuningdek, startap loyihalarni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
🤝 Yangi markaz — yangi imkoniyatlar demakdir!
Raqamli bilimga ega yoshlar — ertangi taraqqiyot poydevori!
✨ Kelajak bugundan boshlanadi!









