Asosiy maqsadimiz - Nikoh va oila munosabatlarini mustahkamlash
2026-03-30 08:55:00 / Yangiliklar
Biz bilamizki oila jamiyatning birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Shunga ko‘ra, hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, barqaror va tinch tuzilmasidir. Chunki bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va ahloqan tarbiya topadi. Demak, oila jamiyatning tabiiy hujayrasi, ijtimoiy asosidir. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik mustahkam bo‘ladi va tez rivojlanadi. Zero, jamiyat asosi-oilaning moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Sog‘lom oila muhitida shakllangan insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik, xushxulqlilik va boshqa insoniy fazilatlar shaxs ma’naviy barkamolligini namoyon qiluvchi sifatlardir.
Gʻarb mamlakatlarida demokratiya namunasi deb baholanib, jahonga eskalatsiyasi kuchayib borayotgan bir jinsli nikohning g‘ayriinsoniy mohiyatini fosh qilishning oldini olish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Diniy manbalarda oilaning mohiyati, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ota va onalar, farzandlarning burchi va mas’uliyati, oiladagi axloq, odob tarbiyasining teologik nazariy-metodologik asoslari ko‘rsatilgan. Ayniqsa, Qur’oni karim, Hadislarning mustaqillik davrida o‘zbek tilida nashr etilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Demokratiya, fikr erkinligi, e’tiqodiy bag‘rikenglikka katta e’tibor berilayotgan hozirgi kunda oila munosabatlariga asos bo‘lgan umuminsoniy – dunyoviy va diniy qadriyatlar zaruriy holga aylanmoqda. Zero, oila munosabatlarini sof dunyoviy yoki diniy hodisa sifatida qarash ularni bir-biriga qarama qarshi qo‘yish masalaga bir tomonlama yondashishdir.
O‘z oldiga erkin va demokratik jamiyat qurish ezgu niyatini qo‘ygan mamlakatimizda oilani mustahkamlashga qaratilgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular qonun bilan kafotlatlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi esa oilani mustahkamlash, onalik, otalik va bolalikni davlat tomonidan muhofaza qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy normalarga asoslangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 40-moddasi talabiga ko‘ra, nikohdan ajratish haqidagi ishlar sudda er yoki xotinning arizasiga binoan da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko‘riladi.
Nikoxdan ajratish haqidagi ishni ko‘rishda sud er-xotinni yarashtirish va oilaviy vaziyatni sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rishga majbur.
Er-xotinni yarashtirish choralarini ko‘rishda sud taraflarning yoki ulardan birining iltimosiga yoxud o‘z tashabbusiga ko‘ra ishning ko‘rilishini boshqa vaqtga qoldirishga va er-xotinga yarashishlari uchun Oila kodeksining 40-moddasida ko‘rsatilgan doirada, ya’ni olti oygacha bo‘lgan muhlat belgilashga haqli.
Sud yarashtirish uchun berilgan muddatda, er-xotinni yarashtirish maqsadida, ajrim nusxalarini ular yashaydigan mahalla fuqarolar yig‘iniiga muhokama qilish va yarashtirish uchun yuborishi lozim.
Oxirgi vaqtlarda jamiyatimizda ko‘plab ayollarni oilaviy zo‘ravonlikka uchrash holatlari kuzatilmoqda. Oilaviy zo‘ravonlik deganda nafaqat jismoniy zo‘ravonlikni, balki iqtisodiy va ma’naviy zo‘ravonlikni ham nazarda tutish lozim.
Ayniqsa jamiyatimizda qonunsiz (shar’iy) nikohlar asosida yashayotgan xotin-qizlarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik qilish holatlari qo‘proq uchramoqda. Qonunsiz nikoh asosida turmush qurgan xotin-qizlarning oiladagi huquqlari birmuncha cheklangan holda bo‘ladi. Bunday xotin-qizlar farzandlariga tug‘ilganlik guvohnomalarini olishda, uy-joyga bo‘lgan bo‘lgan huquqlarini himoya qilishda, turmush o‘rtog‘ining mulkidan meros olishda muammolarga duch kelmoqdalar. Shu sababli xotin-qizlar turmush qurishda nikohni qonuniy rasmiylashtirishlari va nikoh shartnomasini tuzishlari lozim bo‘ladi.
Mazkur shartnomani tuzish orqali er-xotin o‘zining mulkiy huquqlari himoyasini kafolatlaydi. Nikoh shartnomasining tuzilishi nikoh tugatilgandan keyin ham sobiq er-xotinlar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solishda muhimdir. Ya’ni, shartnomada mulkiy munosabatlarga oid qoidalarning batafsil aks ettirilishi keyinchalik yuzaga keladigan mulk bilan bog‘l
Bexato: iq nizolar, kelishmovchiliklarni sudgacha, tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyatini yaratib, sudlashib yurishning oldi olinadi.
Nikohdan ajratish bilan bog‘liq ko‘rilgan ishlar bo‘yicha tegishli tuman (shahar) maxalla fuqarolar yig‘inlari huzuridagi yarashtirish komissiyalarining xulosalari olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oilalarni mustahkamlash borasida muhtaram yurtboshimizning qarorlariga asosan 2024 yilning fevral oyidan boshlab “Oila sudyalari”ning tashkil etilishi ayni muddao bo‘ldi.
Zero Bizning asosiy maqsadimiz oilalarni mustahkamlashga, ularda sog‘lom muhitni vujudga keltirishga, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda xotin-qizlarning manfaatlarini qo‘riqlashga, voyaga yetmagan bolalarni himoyalashga qaratilgandir.
N.Egamov
Farg‘ona viloyat sudi sudyasi
