🌿✨ Uch avlod uchrashuvi — hamjihatlik va do‘stlik ko‘prigi! ✨🌿
2026-03-30 16:05:00 / Yangiliklar

📍 Chegara hududlarda joylashgan MFY fuqarolari va turli millat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan “Uch avlod uchrashuvi”ga qo‘shni davlatlardan ham jamoatchilik vakillari taklif etilib, tadbir yanada nufuzli va ahamiyatli tus oldi.
👥 Unda nuroniylar, faol yoshlar va o‘rta avlod vakillari bir davrada jam bo‘lib, tajriba almashdi, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik qadriyatlari haqida fikr yuritdi.
🤝 Tadbir davomida millatlararo totuvlikni mustahkamlash, qo‘shnichilik rishtalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
🎶 Madaniy chiqishlar, samimiy suhbatlar va iliq muloqotlar uchrashuvga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🌟 Bunday uchrashuvlar — tinchlik, do‘stlik va barqarorlikning mustahkam poydevoridir!






