🏗 Zohidon mahallasi va 10-sonli DMTTda quvonchli g‘alabalar davom etmoqda!
2026-03-25 14:45:00 / Yangiliklar

🌿 Ana shunday ezgu tashabbus natijasida Zohidon mahallasida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi oshxona binosi barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Endilikda bu yerda tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun sog‘lom va sifatli ovqatlanish, qulay sharoitlar yaratildi.
👏 Mazkur muassasa jamoasi tashabbusli byudjet jarayonida yuqori faollik ko‘rsatib, mavjud infratuzilma muammolarini bartaraf etishda tashabbuskorlik namunasini namoyon etdi. Bu esa jamoaning birdamligi va fidoyiligining yorqin ifodasidir.
🎉 Ochilish marosimi bayramona ruhda o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zokirjon Zohidov ishtirok etib, mahalla ahli va muassasa jamoasini ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabrikladilar. O‘z nutqlarida ular bunday loyihalar hududlar ravnaqi, kelajak avlod tarbiyasi va aholi farovonligi uchun muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.
🏆 E’tiborlisi, ushbu ta’lim maskani yutuqlar bilan cheklanib qolmadi. “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2026-yil 1-mavsumida ham qo‘shimcha bino qurish tashabbusi bilan yana g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu esa jamoaning izchil harakati va aholining yuksak ishonchi natijasidir.
✨ Zohidon mahallasi bugun yangilanishlar, bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lida dadil qadam tashlamoqda. Bu yutuqlar — xalq va davlat hamkorligining, islohotlarning amaldagi yorqin ifodasidir!






