Korrupsiya — jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid
2026-01-26 15:30:00 / Yangiliklar

Natijada odamlar o‘z haq-huquqini halol yo‘l bilan emas, tanish-bilish yoki noqonuniy vositalar orqali hal etishga urinadi. Bu esa jamiyatda tenglik va adolat tamoyillarining yemirilishiga olib keladi.
Korrupsiya, ayniqsa, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Halollik va mehnatsevarlik o‘rniga “oson yo‘l bilan natijaga erishish” tushunchasi singdirilsa, kelajak avlodning ma’naviy poydevori zaiflashadi. Shu bois, korrupsiyaga qarshi kurash faqat jazolash bilan emas, balki ong va tafakkurni o‘zgartirish bilan boshlanishi lozim.
Bugungi kunda ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati korrupsiyaga qarshi eng samarali vositalardan biri sifatida qaralmoqda. Davlat idoralari faoliyatida raqamlashtirish, ochiq ma’lumotlar va mas’uliyatni kuchaytirish orqali bu illatga qarshi mustahkam to‘siq qo‘yish mumkin.
Xulosa shuki, korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat davlat yoki alohida tashkilotlar vazifasi emas, balki har bir fuqaroning vijdoniy burchidir. Har bir halol qadam, har bir qonuniy qaror jamiyatda ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishonch ustuvor bo‘lgan jamiyatda esa taraqqiyot muqarrar.



