Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari
2025-01-22 11:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 22-yanvar kuni “Xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish o’quv kurslari boshlandi.
Ushbu o'quv mashg'ulotlari joriy yilning 22-27-yanvar kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur o‘quvlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Din ishlari boyicha qo‘mita hamkorligida tashkil etilmoqda.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan maqsad joylarda xotin-qizlar sohasidagi muammolarni yechish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tayinlangan mas’ul xodimlarning ko‘nikma va malakalarini oshirishdan iborat.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati