Ayni paytda poytaxtimizdagi “International Tashkent” mehmonxonasida “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusida anʼanaviy xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda
2024-11-16 10:45:00 / Yangiliklar
Anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Malayziya, Portugaliya, Armaniston, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston kabi davlatlardan kelgan mutaxassislar, UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxona xodimlari, diplomatik korpus vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, dinshunos ekspertlar, islomshunoslar, etnik-madaniy birlashmalar, diniy konfessiyalar vakillari, shuningdek, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyat, milliy madaniy markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ham qatnashmoqda.
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati