IKKI TOMONLAMA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
2024-11-07 17:40:00 / Yangiliklar
📌 Xususan, Ozarbayjon Respublikasi Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qoʻmitasi raisi Ramin Mamedov bilan uchrashuvda soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarilgani, ozar xalqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yetakchiligidagi oʻzbek xalqining doʻstona munosabatini doim his qilishi, boshqa sohalar qatori diniy-maʼrifiy jabhada ham aloqalarni rivojlantirish oʻzaro manfaatli boʻlishi taʼkidlandi.
♻️ Uchrashuvda diniy soha xodimlari kasb-mahoratini oshirish, maxsus kurslar tashkil etish, mass-media va jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish kabi yoʻnalishlarda oʻzaro tajriba almashish bugungi kunda juda ham dolzarb ekani atroflicha muhokama qilindi.
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati