BUTUNJAHON SAMMITIDA OʻZBEKISTON TAJRIBASI YUQORI BAHOLANDI
2024-11-05 17:15:00 / Yangiliklar
Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.
📃 Dastlab, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning sammit ishtirokchilarga yoʻllagan tabrigi oʻqib eshittirildi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishning videomurojaati namoyish etildi.
🟢“Jahon dinlari yashil sayyora uchun” shiori ostida oʻtkazilayotgan nufuzli tadbirda dunyoning 60 dan ziyod davlatidan 300 nafarga yaqin hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din va davlat arboblari, taniqli diniy yetakchilar, olimlar va ekspertlar qatnashmoqda.
💬 Tadbirning birinchi kuni ishtirokchilar tomonidan global iqlim oʻzgarishining sabab va oqibatlari, tabiatni asrash, ekologik muammolarning oldini olish masalalarini muhokama qilinib, bu borada barcha diniy konfessiyalar vakillari oldida turgan vazifalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
🔰Anjumanda Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari M.Komilov maʼruza qilib, mintaqada, xususan mamlakatimizda iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va biologik xilma-xillikni yanada boyitish yuzasidan amalga oshirilgan saʼy-harakatlar, oʻziga xos tajribalar haqida soʻz yuritdi. Jumladan, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda Davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi, unda turli diniy konfessiya va milliy markazlar vakillarining faol ishtiroki, loyiha doirasida har yili yurtimizda 200 million tup daraxt ekilib, yangi yashil hududlar barpo etilayotgani alohida taʼkidlandi.
📌 Sammit ishtirokchilari tomonidan Yangi Oʻzbekistondagi iqlim oʻzgarishining oldini olish borasidagi saʼy-harakatlar, yashil hududlarni koʻpaytirish borasidagi chora-tadbirlar va ilgʻor tashabbuslar yuqori baholandi.
⏺️Konferensiya 6-noyabr kuni ishi oʻz ishini davom ettiradi.