Sirdaryoda o‘tkazilgan 168 ta tanlov savdolarida muvofiqlashtirilgan harakatlarlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi
2025-02-21 10:00:00 / Yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Mirzaobod, Sayhunobod tumanlari va Guliston shahar tibbiyot birlashmalari buyurtmachiligida o‘tgan 2024-yil davomida amalga oshirilgan tanlov savdolari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o‘rganishlar natijasida buyurtmachi tomonidan o‘tkazilgan umumiy qiymati 5 mlrd so‘mga yaqin bo‘lgan 156 ta tanlov savdolarida “HAYOT PLUS MED” va 450 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan 12 ta tanlov savdolarida “DOKTOR ABDUMALIK” MChJlar tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etganlik holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarining talablari buzilish alomatlari bilan “HAYOT PLUS MED” va “DOKTOR ABDUMALIK” MChJlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida qayta takrorlamaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi hamda buyurtmachi tashkilot mas’ullariga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.