Yoshlar bilan uchrashuv
2026-10-26 10:25:00 / Yangiliklar

QUYI CHIRCHIQ TUMANIDAN 16 NAFAR SPORTCHI RESPUBLIKA BOSQICHIDA ISHTIROK ETADI
📍Joriy yilning 26-oktabridan 8-noyabriga qadar “Prezident olimpiadasi” sport musobaqasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Viloyat bosqichida yuqori natijalarga erishgan Quyi Chirchiq tumanidan 16 nafar yosh sportchi ushbu bosqichda tumanimiz sharafini himoya qiladi.
📍Shu munosabat bilan tuman hokimi Akmal Xolmurodov, tuman IIB boshlig‘i D. Xusanov hamda tuman prokurori B. Satvaldiyev ishtirokida sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda yoshlarning tayyorgarligi, ular uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
📍Uchrashuvda jahon chempionlari Umidjon Ermatov, Ruxshona Shuxratova va Xurshid Imamov ham ishtirok etib, yosh sportchilarga o‘z tavsiyalari va motivatsion maslahatlarini berdilar.
Tuman hokimi sportchilarga Respublika bosqichida omad, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tiladi.







