Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
2026-08-06 15:25:00 / Yangiliklar

Quyi Chirchiq tumani hokimi A. Xolmuradov, tuman prokurori B. Satvaldiyev hamda Respublika ishchi guruhi mas’ul xodimi Sh. Abduvaxobov ishtirokida tumandagi faol yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
📍Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ta’lim olishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
📍Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar va tushuntirishlar berildi.









