Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
2026-04-23 19:00:00 / Yangiliklar

Quyi Chirchiq tumani hokimi A. Xolmuradov tashabbusi bilan “O‘zbekiston Airports” rahbariyati ishtirokida Surum mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” aeroportida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
📍Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, aviatsiya sohasidagi imkoniyatlar, kasb tanlash va istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
