Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi
2026-03-26 16:30:00 / Yangiliklar

Bugun Quyi Chirchiq tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tuman hokimi A.Xolmuradov tashabbusi bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
📍Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar va dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi. Suhbat jarayonida ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida turli korxona va tashkilotlarda mavjud ish o‘rinlari taklif etildi, ularga zarur tushuntirish va yo‘naltirishlar berildi.
📍Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini joyida hal etish va ularni jamiyatga faol jalb qilishga xizmat qiladi.

