Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov amerikalik investor Yadgarov Sergeyini qabul qildi.
2025-09-30 16:00:00 / Yangiliklar
Yurtimizda qulay investitsiyaviy muhit natijasida xorijlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Amerikalik investorning Quvasoy shahrida zamonaviy qurilish obyektlari qurish va mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha bir qator taklif loyihalari muhokama qilindi.
Shahar hokimi taklif qilinayotgan investitsion loyihalarning shahar iqtisodiyoti uchun ahamiyati katta bo‘lishini ta’kidlab, loyihalar to‘la qo‘llab-quvvatlanib, har tomonlama ko‘mak berilishini bildirdi.
Muloqot davomida muhokama qilingan masalalar bo‘yicha hamkorlikda ish tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuvdan so‘ng investor tomonidan “UZ DEVELOPMENT GROUP” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.



