Quvasoyda shandunlik ishbilarmonlar hamkorligida yangi loyihalar amalga oshiriladi
2025-09-19 10:00:00 / Yangiliklar
Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Xitoyning Shandun provinsiyasidagi yirik ishlab chiqarish tarmoqlariga ega “Woerde Group” kompaniyasi raisi Lin Bo boshchiligidagi xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shahar hokimi Xitoy bilan hududlararo hamkorlik tobora kengayib borayotganini, xususan, shahrimiz bilan Shandun provinsiyasi o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli aloqalar mustahkamlanayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Muloqot davomida Quvasoy shahrida maxsus texnopark tashkil etish, unda shandunlik tadbirkorlarning loyihalarini joylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shahar hokimi bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashini, shahrimizda maxsus sanoat zonalari tashkil etilayotganini ma’lum qilib, kelishuvlar doirasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘makka tayyor ekanligini ta’kidladi.

“Woerde Group” kompaniyasi tomonidan Quvasoy shahrida loyihalarni ishga tushirish uchun korxona ochilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.



