O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Quvasoy shahrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
2025-08-12 10:10:00 / Yangiliklar

Shu bilan birga, qo‘mita raisi “Arsif” mahallasida joylashgan markaz faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Ushbu markaz tomonidan xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Tashrif davomida “Arsif” MFY oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati ham o‘rganildi. Shuningdek, 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida yaratilgan sharoitlar, sport zallari va yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur tashrif davomida aniqlangan ijobiy tajribalar va mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Qo‘mita raisi barcha sohalarda tizimli ish olib borish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahallalarda xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.









