Quvasoyda “Sog‘lom hayot sari 5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi
2026-06-11 08:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimligi, Ichki ishlar bo’limi, Yoshlar ishlari agentligi, Tibbiyot birlashmasi, "Vatanparvar" tashkiloti, sport maktablari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yoshlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash hamda ommalashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Marafon avvalida mutasaddilar tomonidan giyohvandlik va boshqa zararli odatlarning inson salomatligi, ruhiyati hamda kelajagiga salbiy ta’siri haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, muntazam jismoniy faollik va to‘g‘ri hayotiy qarashlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
So‘ngra ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab 5000 qadam yurib, sog‘lom hayot tarziga sodiqliklarini namoyon etdilar.
Mazkur marafon sog‘lom hayotga intilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, jismoniy faollikni oshirish va salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim targ‘ibot tadbirlaridan biri bo‘ldi.









