Fidoyi mahalla vakillari rag‘batlantirildi
2026-06-11 19:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalliy budjet tushumlarini oshirish borasida faol ishlayotgan mahalla vakillarining mehnati munosib baholandi.
Tadbir davomida mahallalarda olib borilgan manzilli ishlar, aholi bilan samarali muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlarda ijobiy natijalarga erishishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh mahalla yettiligi vakillariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida bunday rag‘batlantirish mahalla vakillarining kelgusidagi faoliyatiga yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishlashi, mahallalarda amalga oshirilayotgan ezgu va bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.









