Qurbon hayiti arafasida saxovat va mehr ulashilmoqda
2026-05-26 14:10:00 / Yangiliklar

Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari doirasida Quvasoy shahrida istiqomat qiluvchi davlat ta'minotida ro'yxatda turuvchi yolg'izlar, kam ta’minlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Bayram arafasida ko‘rsatilayotgan bunday mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlik fuqarolarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. Ayniqsa, nuroniylar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar hamda yordamga muhtoj insonlarga alohida e’tibor qaratilayotgani xalqimizga xos saxovat va bag‘rikenglikning yorqin ifodasidir.
Ezgu va savobli tashabbuslar orqali jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik muhiti yanada mustahkamlanib bormoqda.




