Qurbon hayiti arafasida ehtiyojmand oilalarga mehr va muruvvat ko‘rsatilmoqda
2026-05-26 14:00:00 / Yangiliklar
Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan muborak Qurbon hayiti bayramini munosib nishonlash, aholini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalardagi davlat ta'minotidagi yolg'izlar, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat ulashish bo‘yicha keng ko‘lamli xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbus doirasida mahalla faollari va mutasaddilar tomonidan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Bayram arafasida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik fuqarolar qalbida cheksiz minnatdorlik va mamnuniyat uyg‘otmoqda.
Ayniqsa, nuroniylar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olinib, ularga bayram shukuhi ulashilmoqda.
Bunday savobli va insonparvar tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.






