Bitiruvchilar yangi hayot sari ilk qadam tashladi
2026-05-25 09:00:00 / Yangiliklar

So‘z olganlar tomonidan Prezidentimizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi, o‘g‘il-qizlarga ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari, e’tibor va g‘amxo‘rliklari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shahrimizda bugungi kunda 1103 nafar 11-sinf o‘quvchilari umumta’lim maktablarini tamomlab, yangi hayot ostonasiga qadam tashlayotgani ta’kidlandi. E'tiborlisi, ularning 34 nafari oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lgani barcha ustozlarni, ota-onalarni quvontirmoqda.
Zotan, o‘g‘il-qizlarni yetuk avlod bo‘lib, bir nechta xorijiy tillar va kasb-hunarlarni puxta egallab, hayotga tayyor bo‘lishi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.
Tadbir davomida o‘zining bilimi, mehnatsevarligi bilan boshqalarga o‘rnak va namuna bo‘layotgan bir guruh o‘quvchilar va ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylar faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tantanali tadbir bitiruvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan qiziqarli chiqishlar, turli tillarda yangragan kuy-qo‘shiqlar, go‘zal raqslar bilan davom etdi.
Bu kabi tadbirlar shahrimizdagi barcha umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tdi.









