Quvasoyda yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-05-21 15:00:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni doirasida Quvasoy shahar hokimligi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash, mavjud biznesini kengaytirish istagida bo‘lgan yoshlarning murojaat, muammo va takliflari tinglandi.
Tadbirda ishtirok etgan mas’ullar tomonidan yosh tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga xizmat qildi.






