Ona tilim — mangu bo‘l omon
2026-05-20 11:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova ishtirok etib, davlat tilining jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, millat ma’naviyati va taraqqiyotidagi ahamiyati haqida mazmunli fikrlar bildirdi. Ona tiliga hurmat va ehtirom har bir insonning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, kitobxonlikning ahamiyati, kitob orqali bilim va ma’naviyatni rivojlantirish yo‘llari haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, dilbar qo‘shiqlar hamda mazmunan boy sahna ko‘rinishlari mahorat bilan ijro etildi. Ularning chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, ona tilimizga bo‘lgan faxr va iftixor tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Tadbir yakunida maktab kutubxonasiga esdalik sifatida badiiy va ma’rifiy kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi. Bu esa yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilishi ta’kidlandi.









