Quvasoy shahrida dolzarb masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-05-04 16:00:00 / Yangiliklar

Yig‘ilish davomida, eng avvalo, mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Har bir hudud kesimida mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bandlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini tadbirkorlikka jalb etish masalalari alohida e’tiborda bo‘ldi.
Shuningdek, hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, mahallalarda yashash sharoitlarini yanada qulay qilish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Har bir tashkilot va mutasaddi rahbar zimmasiga aniq topshiriqlar yuklatilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilandi.
Yig‘ilishda barcha yo‘nalishlarda samaradorlikni oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, aholi farovonligini ta’minlash bugungi kunning ustuvor vazifasi ekani qayd etildi.









