Quvasoyda profilaktika inspektorlari uchun muhim o‘quv seminari o‘tkazildi
2026-05-04 10:00:00 / Yangiliklar

Seminarda jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining tergov sudyasi hamda shahar IIB rahbariyati ishtirok etib, profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlarni rasmiylashtirishda qonuniylikka qat’iy rioya qilish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida ma’muriy ishlarni yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ri qo‘llash masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. Bu esa ishtirokchilarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Seminar doirasida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Tergov sudyasi tomonidan korrupsiyaga oid jinoyatlar, ularning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri hamda huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.



