“Vazir kubogi” — Quvasoyda qizg‘in bahslar va munosib g‘oliblar
2026-04-30 15:00:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahrida umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ayol xodimalari o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etilib, ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sportga bo‘lgan qiziqish, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga intilish borasida ibratli o‘yinlar namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 15-maktab jamoasi;
🥈 2-o‘rin — 27-maktab jamoasi;
🥉 3-o‘rin — 24-maktab jamoasi.
G‘olib jamoalar musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etadilar.






