Amaliy muloqotdan amaliy natija sari: Yoshlar sanoat korxonalarida
2026-04-30 14:00:00 / Yangiliklar

Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida shahar hokimi yoshlarga bugungi kunda sanoat yo‘nalishida yaratilayotgan imkoniyatlar, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj haqida so‘zlab bergan edi. Ushbu suhbatning davomi sifatida, yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida sanoat zonalariga tashrif tashkil etildi.
Ochiq muloqotdan so‘ng yoshlar “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi Quvasoy filialida joylashgan yirik sanoat korxonalarida bo‘ldilar. Ekskursiya davomida yosh avlod vakillari ishlab chiqarish jarayonlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish, zamonaviy texnologiyalarni boshqarish tizimi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ayniqsa, korxonalarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning faoliyati, mahsulot tayyorlash bosqichlari va yaratilgan mehnat sharoitlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslari yigit-qizlarning kelajakda o‘z yo‘llarini topishlari va munosib kasb egalari bo‘lishlari uchun o‘ziga xos yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qildi.




