Quvasoy politexnikumida ochiq muloqot
2026-04-30 12:15:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Shahar hokimi esa ularning murojaatlariga atroflicha javob berib, bugungi kunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, kasb-hunar egallash va kelgusida munosib ish topish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi, zamonaviy kasblarni puxta egallashi, o‘z ustida tinimsiz ishlashi zarurligi ta’kidlandi. Ularning kelajakda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar bo‘lib yetishishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilayotgani qayd etildi.
Mazkur uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda kelajak rejalari sari dadil qadam tashlashlariga turtki beruvchi muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.









