Xorijiy investorlar bilan istiqbolli loyihalar sari qadam
2026-04-15 14:00:00 / Yangiliklar

Mazkur muloqot davomida hududda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar muhokama markazida bo‘ldi.
Xususan, uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va zamonaviy usulda qadoqlashga ixtisoslashgan yangi loyihalarni amalga oshirish masalasi alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tashabbuslar orqali ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash va ularni tashqi bozorlarga olib chiqish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, investorlarga Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasining Quvasoy filialidan loyiha uchun istiqbolli yer maydonlari taklif etildi. Uchrashuv davomida hududning mavjud infratuzilma imkoniyatlari, logistika qulayliklari hamda investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Yakunda, mazkur loyihalar shahar hokimligi tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, investorlar bilan o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi alohida ta’kidlandi. Bu esa Quvasoyning iqtisodiy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.


