Xitoylik investorlar bilan yangi sanoat loyihalari muhokama qilindi
2026-04-13 14:00:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Xitoylik investorlar bilan istiqbolli investitsiya loyihalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida hududda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilindi.

Xususan, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar ishlab chiqarish loyihasi e’tibor markazida bo‘ldi. Ushbu loyiha orqali zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va ichki hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv davomida investorlarga sanoat zonalarida mavjud bo‘sh yer maydonlari, infratuzilma imkoniyatlari hamda ular uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Yakunda mazkur loyiha hokimlik tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi, investorlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.



