Quvasoy delegatsiyasi farmasevtika sanoatidagi yirik ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini o‘rgandi
2026-03-11 17:00:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari farmasevtika sohasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha asbob-uskunalar hamda tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rgandilar. Mazkur korxonada bir martalik kichik tibbiy vositalardan tortib, murakkab jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirishda zarur bo‘ladigan zamonaviy tibbiy jihozlargacha ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuv jarayonida delegatsiya vakillari korxona rahbariyati bilan mazkur loyihani Quvasoy shahrida ham yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Shuningdek, bu borada zarur amaliy yordamlar ko‘rsatilishi, Quvasoy shahridagi sanoat zonalarida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Muloqot yakunida loyihani Quvasoy shahrida amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu esa kelgusida farmasevtika sohasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.









