Korrupsiyaga qarshi kurash — umumiy burch va shaxsiy mas’uliyat
2026-02-25 17:00:00 / Yangiliklar
Adliya boshqarmasi hamda shahar hokimligi hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish va ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida davlat xizmatchilarining mas’uliyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya qilish masalalari muhokama qilindi.
Seminar ishtirokchilari korrupsiya xavflarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar hamda bu borada shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy burchimizdir.








