Quvasoy shahar hokimining fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-01-20 18:00:00 / Yangiliklar
Shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov tomonidan shahar hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda korxona va tashkilot rahbarlari, shuningdek, o‘z murojaatlari bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar chuqur tahlil qilindi. Ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Muayyan muddat va qo‘shimcha hujjatlar talab etiladigan ayrim murojaatlar esa tegishli soha mas’ullariga biriktirilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Bunday qabullar aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etish, shuningdek, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.










