Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash — ustuvor vazifa
2026-03-19 18:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda ijro mexanizmlarini joylarda samarali tatbiq etish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida qarorning asosiy g‘oya va talablari, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishda mahalla yettiligi hamda mas’ul etib belgilangan tashkilotlarning vazifa va majburiyatlari batafsil tushuntirildi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Komila Kavlanova, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili Dilmurod Xudjaqulov, viloyat Kengashi deputati Dilorom Mexmonova, shuningdek, shahardagi sohaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla vakillari ishtirok etdilar.
Seminar jarayonida mas’ul mutasaddilar tomonidan qarorning mazmun-mohiyati, uning ijro mexanizmlari, shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy muammolarni erta aniqlash va manzilli yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur qaror mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, profilaktika ishlarini yangi tizim asosida tashkil etishga xizmat qiladi.










