Tashabbusli budjet jarayonidagi yangiliklar yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi
2026-01-27 09:00:00 / Yangiliklar
Quvasoy shahar hokimligining majlislar zalida shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi vakillari D.Alixanov va A.Axmadjonovlar ishtirokida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda hokim yordamchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PQ–264-son qaroriga muvofiq Tashabbusli budjet jarayoniga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, “birgalikda moliyalashtirish” amaliyotini joriy etish mexanizmlari atroflicha tushuntirildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga yangilangan tartiblarning mazmun-mohiyati, ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, mahallalarda tashabbusli loyihalarni samarali shakllantirish va moliyalashtirish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.






