Xorijlik investorlar hokim qabulida
2025-08-15 10:05:00 / Yangiliklar
Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev Turkmaniston Respublikasidan tashrif buyurgan xorijiy investor Davronbek Xudoyberganovni qabul qildi.

Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev Turkmaniston Respublikasidan tashrif buyurgan xorijiy investor Davronbek Xudoyberganovni qabul qildi.
Qabul davomida tumanda investor tomonidan mutaxassislar bilan hamkorlikda Katta Farg‘ona kanali bo‘yida suvdan elektr toki ishlab chiqarish, zotdor qo‘ylarni ko‘paytirish va yana boshqa yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
