Yosh sportchilar eʼtiborda
2026-10-08 15:20:00 / Yangiliklar
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Qoʻshtepa tumanining Shomirza MFY hududida chim ustida xokkey sport turi bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan yoshlar holidan xabar olindi.
Tashrif davomida yosh sportchilarning mashgʻulotlarini muntazam davom ettirishi, sport mahoratini oshirishi hamda ular uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning moddiy taʼminotini yaxshilash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Yoshlar bilan uchrashuvda ularning taklif va muammolari tinglanib, sport bilan shugʻullanishlari uchun mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish boʻyicha fikr almashildi.
Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari A.Yusupov, tuman IIB boshligʻi R.Xayitov hamda Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi I. Marayimov ishtirok etdi.
Qoʻshtepa tumanida yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishini oshirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning munosib sharoitlarda shugʻullanishini taʼminlash davom ettiriladi.







