Qo‘shtepa tumanida Ichki ishlar kubogi musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
2026-07-02 19:45:00 / Yangiliklar
Qo‘shtepa tumanida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida voleybol sport turi bo‘yicha yigitlar va qizlar o‘rtasida Ichki ishlar kubogining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada yoshlar 16–21 hamda 22–30 yosh toifalarida o‘zaro bellashib, g‘oliblik uchun munosib kurash olib bordilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
16–21 yosh toifasida qizlar o‘rtasida — Do‘stlik mahallasi jamoasi
16–21 yosh toifasida yigitlar o‘rtasida — Shodlik mahallasi jamoasi
22–30 yosh toifasida qizlar o‘rtasida — Do‘stlik mahallasi jamoasi
22–30 yosh toifasida yigitlar o‘rtasida — Do‘stlik mahallasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda bunday musobaqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.








