Yoshlar bandligi va murojaatlari eʼtibor markazida
2026-07-02 14:30:00 / Yangiliklar
Qoʻshtepa tumanida ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning muammolarini oʻrganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni doimiy ish bilan taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning bandligi, kasb oʻrganishi hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan koʻtarilgan muammolarini hal etish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish hamda bandligini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.




