Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Qoʻshtepa tumani hokimi Anvarjon Abdullayev boshchiligidagi tuman delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda.
2026-06-18 17:10:00 / Yangiliklar
Forum doirasida xorijiy investorlar bilan qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, tuman hokimi Anvarjon Abdullayev Xitoy Xalq Respublikasining “SHEN KE GWO JI” Co. Ltd kompaniyasi rahbari Bai Yin Bin bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida Qoʻshtepa tumanida Xitoy tajribasi asosida zamonaviy koʻp qavatli turar-joylar qurish loyihasi muhokama qilinib, hamkorlikning dastlabki yoʻnalishlari boʻyicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunlariga koʻra, kompaniya vakillarining joriy yil iyul oyida Qoʻshtepa tumaniga tashrif buyurishi belgilandi. Loyihaning umumiy qiymati 21 million AQSH dollarini tashkil etib, uning amalga oshirilishi tumanda qurilish sohasini rivojlantirish va aholini zamonaviy uy-joylar bilan taʼminlashga xizmat qiladi.




