Qoʻshtepada sport infratuzilmasi kengaymoqda
2026-06-05 20:30:00 / Yangiliklar
Qoʻshtepa tumani hokimi A.Abdullayev boshchiligida Katta Beshkapa mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 46-umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi boʻsh turgan bino-inshootdan samarali foydalanish maqsadida yangi boks zali foydalanishga topshirildi.
Mazkur sport inshootining ishga tushirilishi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib, kelgusida sportning turli yoʻnalishlarini yanada rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Yangi boks zali mahalla yoshlari uchun sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularning sport sohasidagi yutuqlarini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.



