Davlat xavfsizlik xizmati kubogining Qo‘shtepa tumani bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
2026-06-03 18:05:00 / Yangiliklar
Yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Qo‘shtepa tumanida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🎖 Musobaqa g‘oliblarini Qo‘shtepa tumani hokimi samimiy tabriklab, ularga viloyat bosqichida ham ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tiladi.
🏆 Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindor jamoalarga diplomlar, kuboklar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
G‘olib va sovrindorlar:
👧 Mini futbol (qizlar):
🥇 1-o‘rin — Xo‘jaqishloq MFY
🥈 2-o‘rin — Shomirza MFY
🥉 3-o‘rin — Xumdon MFY
👦 Mini futbol (o‘smirlar):
🥇 1-o‘rin — Kichikbeshkapa MFY
🥈 2-o‘rin — Qorajiyda MFY
🥉 3-o‘rin — Namuna MFY
⚽️ Futbol:
🥇 1-o‘rin — Qorajiyda MFY
🥈 2-o‘rin — Kichikbeshkapa MFY
🥉 3-o‘rin — Borot MFY
🎤 Tadbir yakunida esa sportchilar va yig‘ilgan aholi uchun taniqli san’atkorlar ishtirokida bayramona gala konsert dasturi namoyish etildi. Bu musobaqaning yakuniy nuqtasi bo‘lib, barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurot ulashdi.









