Xorijlik investorlar Qo‘shrabot tumanida yirik loyihalarni amalga oshiradi.
2025-04-24 16:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlari o‘rtasida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik izchil va samarali rivojlanmoqda.

Qo‘shrabot tumanida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish, tumanning iqtisodiy imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish maqsadida, xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Shu maqsadda Qo‘shrabot tumanida investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Xitoylik ishbilarmon doira vakillari tumanga tashrif buyurdi.
Qoʻshrabot tumani hokimi va Xitoylik investorlar ishtirokida Qoʻshrabotda yirik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi hamda tomonlar oʻrtasida ikki tomonlama doʻstlik memorandumi va shartnomalar imzolandi.

