Profilaktik murojaat
2026-06-04 12:20:00 / Yangiliklar

“Profilaktik - ogohlantiruvchi murojaat” bo‘yicha
Assalomu alaykum, Aziz Qo‘shrabotliklar hamda tumanimiz mehmonlari!
Men Qo‘shrabot tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Axmedov Farruxjon Bayonovich bo‘laman.
Muhtaram Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha, shuningdek, Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muhim Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizdagi kriminogen vaziyat bo‘yicha “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat” yo‘llamoqdaman.
Ushbu “profilaktik-ogohlantiruvchi murojaat”ni yo‘llashdan asosiy maqsadimiz, tumanimiz aholisini kriminogen vaziyatdan ogoh qilgan holda, Siz azizlarni jinoyatlardan jabrlanib qolish ehtimolingizni minimal darajaga tushurishdan iborat.
Shu maqsadda, tumanimizda jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashish emas, sodir etilish sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shu fursatdan foydalanib, tumanimiz hududidagi kriminogen vaziyat bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.
Joriy yilning o‘tgan davri moboynida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlardan
- Qotillik,
- Og‘ir TJE,
- Nomusga tegish,
- Oilaviy zo‘ravonlik,
- Talonchilik,
- Bosqinchilik,
- Avtomabillarni olib qochish jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l quyilmadi.
Joriy yilning 5 oyi davomida tuman hududida 14 ta o‘g‘irlik jinoyatlari sodir etildi.
Jinoyatchilar nafaqat tungi vaqtda, balki fuqarolar ishda yoki dam olishda bo‘lgan paytlarida ham xonadon va tadbirkorlik ob’ektlariga yashirincha kirishga urinmoqdalar.
O‘z mulkingizni himoya qilishda beparvo bo‘lmang!
Statistika shuni ko‘rsatmoqdaki, oddiy qulf yoki panjara doim ham professional o‘g‘rini to‘xtata olmaydi. Shu bois, xavfsizlikni ta’minlashning eng samarali usuli — ob’ektni Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Qo‘riqlash xizmati boshqaruv pultiga ulashdir.
Qo‘riqlash pultiga ulanishning 5 ta asosiy afzalligi:
Tezkor chora: Uyingizga noqonuniy kirish harakati sodir bo‘lganda, signal bir soniya ichida pultga tushadi va eng yaqin tezkor harakatlanuvchi guruh (ekipaj) bir necha daqiqada voqea joyiga yetib keladi.
Zamonaviy texnologiya: Ob’ektlarga sun’iy intellekt va yuzni tanish tizimlari bilan jihozlangan harakat datchiklari va videokameralar o‘rnatiladi.
Moddiy javobgarlik: Qo‘riqlash xizmati shartnoma asosida sizning mulkingiz uchun to‘liq moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
24/7 Nazorat: Xizmat dam olish va bayram kunlarisiz, kecha-yu kunduz uzluksiz ishlaydi.
Psixologik to‘siq: Qo‘riqlanuvchi ob’ektlardagi maxsus belgilar va videokuzatuv mavjudligining o‘ziyoq jinoyatchilarni o‘z niyatidan qaytaradi.
Unutmang! Xavfsizlik uchun sarflangan kichik mablag‘ — katta yo‘qotishlarning oldini oladi. O‘zingiz va yaqinlaringiz xotirjamligini mutaxassislarga ishonib topshiring.
Bundan tashqari, ob-havoning ilishi natijasida qishloq hududlarda fuqarolarimiz tomonidan chorva mollarini dasht va ochiq dala maydonlarida qoldirib ketish holatlari kuzatilmoqda.
Nazoratsiz qoldirmang: Mollarni ochiq dala va yaylovlarda boquvchisiz yoki qarovsiz qoldirish o‘g‘irlik uchun eng qulay sharoitdir.
Tungi xavfsizlik: Molxonalarni mustahkam qulf va to‘siqlar bilan ta’minlang. Tunda shubhali shovqin yoki it hurishi eshitilsa, befarq bo‘lmang.
Cho‘ponlar bilan kelishuv: Mol boqish uchun ijaraga olingan cho‘ponlar bilan mulk javobgarligi to‘g‘risida rasmiy shartnoma tuzing.
Yana shuni alohida takidlab, aytishim zarurki olib borilayotgan targ‘ibot ishlariga qaramasdan joriy yilning o‘tgan davri moboynida 61 ta Axborot texnologiyalaridan foydalanib jinoyatlar sodir etildi kiber jinoyatchilik, fuqarolarimizni e’tiborsizligi natijasida qo‘llaridagi plastik karta raqamlarini va yashirin kodlarini o‘zgalarga berishi natijasida firibgarlar domiga tushib qolayotganligi ayanchlidir.
Aziz fuqarolar!!! plastik kartangizga oid bo‘lgan parollarni va turli ko‘rinishda “Telegram” va boshqa messenjerlarida kelayotgan xabarlarga ishonib, plastik kartangiz kodlarni hech kimga aytmang, ularni faqatgina firibgarlar so‘rashadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali APK ko‘rinishdagi “SUDGA ChAQIRUV”, “MIBdan jarima”, “SENING SURATLARING” va shunga o‘xshash mazmundagi ilovalar, yolg‘on xabarlar yoki o‘zlarini Markaziy bank, Davlat organi, To‘lov tashkilotining xavfsizlik bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolar ishonchiga kirib bank kartalaridan pul mablag‘larini o‘zlashtirish yoki nomlariga katta miqdorda kredit rasmiylashtirib olish holatlari juda ko‘payib bormoqda.
Agarda sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘ralsa yoki bank kartangizga hujum bo‘layotganligi aytilsa, bankning ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilib holatga oydinlik kiritishingiz shart.
Hurmatli Qo‘shrabotliklar,
Umuman olganda, bugungi kunda Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar – xalqimizning tinch-totuv va xavfsiz hayot kechirishiga qaratilgan.
Shunday ekan, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olib, tumanimiz hududida,
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni yanada jadallashtirishimiz lozim.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik!
Aziz yurtdoshlar.
E’tiboringiz uchun rahmat!
