Aliment to‘lovchi shaxslar xorijga chiqa oladimi?
2026-05-04 14:15:00 / Yangiliklar

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunga asosan: Ijro hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi qarzdorning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli.
Aliment to‘lovchi qarzdor xorijga chiqishi mumkin.
Birinchidan agar Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan to‘langan yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa, davlat ijrochisi to‘lov yoki garov shartnomasi to‘g‘risidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaxslarni, ichki ishlar organlarini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlarini qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
2. SUG‘URTA POLISI ASOSIDA CHEKLOVNI VAQTINCHA TO‘XTATIB TURISH MUMKIN:
Davlat ijrochisi quyidagi hollarda qarzdorning iltimosnomasiga asosan qarzdorning chiqishini vaqtincha cheklashni harakatdan to‘xtatib turishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan qarzdorning sog‘lig‘ini tiklash zaruriyatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda;
aliment to‘lovlarini undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha aliment to‘lashi shart bo‘lgan, chet davlatga uch oygacha bo‘lgan muddatga borib keluvchi shaxslarni chet davlatdan qaytib kelmasligi natijasida aliment to‘lovlarini to‘lash yuzasidan fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishga doir sug‘urta polisi mavjud bo‘lganda, bunda sug‘urta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi va O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali avtomatik ravishda aniqlanadi.
Bunda, qarzdorning chiqishiga vaqtincha cheklovni to‘xtatib turish to‘g‘risida davlat ijrochisi qaror qabul qiladi va katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi.
Karimov Islom Karim o‘g‘li,
Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limi bosh yuristkonsul’ti
