"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2025-08-01 18:35:00 / Yangiliklar

Qorovulbozor tumani hokimi O‘tkir Hamroyev hamda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Alimardon Jumayevlar ishtirokidagi uchrashuvda yoshlar, probatsiya hisobida turuvchi yoshlar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tumanda yoshlar tomonidan erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha to‘xtalib, ushbu natijalarni qo‘lga kiritishda fidoyi ustozlarning alohida o‘rni borligini ta’kidlashdi.
“Rahbar va yoshlar" uchrashuvi qizg‘in savol-javoblar, muammolar va takliflarga boy bo‘ldi. Uchrashuvda 10 ga yaqin muammo va takliflar bildirilib, murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi va ularning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati
Yoshlarning murojaat va takliflarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida Qorovulbozor tumani hokimligida “Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Qorovulbozor tumani hokimi O‘tkir Hamroyev hamda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Alimardon Jumayevlar ishtirokidagi uchrashuvda yoshlar, probatsiya hisobida turuvchi yoshlar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tumanda yoshlar tomonidan erishilayotgan yutuqlar bo‘yicha to‘xtalib, ushbu natijalarni qo‘lga kiritishda fidoyi ustozlarning alohida o‘rni borligini ta’kidlashdi.
“Rahbar va yoshlar" uchrashuvi qizg‘in savol-javoblar, muammolar va takliflarga boy bo‘ldi. Uchrashuvda 10 ga yaqin muammo va takliflar bildirilib, murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi va ularning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati







