QOROVULBOZOR TUMANIDA “XALQLAR DO‘STLIGI KUNI” KENG NISHONLANDI
2025-07-30 18:50:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy qilingan “Xalqlar do‘stligi kuni” doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar, muloqotlar ularni yagona maqsad sari birlashtirmoqda.
“Do‘stlik festivali” doirasida Qorovulbozor tumanidagi “Yoshlar bog‘i”da tadbir tashkil etildi.
Dastlab, turli millat vakillarining milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi O‘tkir Hamroyev ishtirok etib, turli millat vakillarining milliy dasturxonidan o‘rin olgan taomlari bilan tanishdi.
Do‘mbira jo‘rligidagi qozoqcha qo‘shiq esa barchaga tabassum ulashdi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan yasalgan hunarmandchilik ishlari hamda kitoblar ko‘rgazmasi namoyish qilindi.
Tadbirda tuman hokimi O‘tkir Hamroyev so‘zga chiqib, barchani “30-iyul-Xalqlar do‘stligi kuni” bilan muborakbod etib, o‘zining samimiy tilaklarini izhor etdi.
Tadbir tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi bilan davom etdi.
Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati









