Qorovulbozorda tibbiyot xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi
2026-11-09 19:10:00 / Yangiliklar
Özbekiston Respublikasining 2006-yil 12-sentabrdagi ÖRQ-47-sonli Qonuniga muvofiq, noyabr oyining ikkinçi yakşanbasi mamlakatimizda “Özbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kuni” sifatida nişonlanadi.
Uşbu sana munosabati bilan Qorovulbozor tumanidagi “Farhod” tantanalar majmuasida bayram tadbiri taşkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi Ötkir Hamroyev sözga çiqib, inson salomatligini asraşdek şarafli va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan barça tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
Bayram tadbirida yil davomida özining fidoyiligi, kasbiy mahorati va samarali faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh tibbiyot xodimlari tuman hokimining taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Bayram şukuhi xuşovoz xonandalar ijrosidagi kuy-qöşiqlar bilan davom etdi.
✍️ Qorovulbozor tumani hokimligi matbuot xizmati







